Bishkek shahrida sport kurashlari bo‘yicha Osiyo qit’asi sportchilari uchun «Parij-2024» Olimpiadasiga litsenziya beruvchi turnir o‘tkazilmoqda.
Musobaqaning 74 kg. vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Tokio Olimpiadasining bronza medali sovrindori Bekzod Abdurahmonov 1/2 finalda qirg‘izistonlik Orozobek Toktomambetovni 6-0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi va terma jamoamizga navbatdagi litsenziyani taqdim etdi.
Ma’lumot uchun, B.Abdurahmonov uchun bu uchinchi Olimpiada bo‘ladi.
Afsuski, bugun gilamga chiqqan qolgan kurashchilarimiz Hasanboy Rahimov (125 kg.), Umidjon Jalolov (-65 kg.) va eng tajribali kurashchimiz Magomed Ibragimov (-97 kg.) mag‘lub bo‘ldi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA