G‘arbiy Afrikada joylashgan davlat – Togoning bir palatali parlamenti ikkinchi o‘qishda mamlakatda prezidentlik o‘rniga parlament shaklini joriy qiluvchi yangi konstitutsiyani bir ovozdan qabul qildi. Bu haqda “Africanews” xabar berdi.

Prezidentning endi umumiy, to‘g‘ridan to‘g‘ri saylov orqali emas, balki parlament a’zolari tomonidan saylanadi. Prezidentlik mandati to‘rt yil amal qiladi, davlat rahbari bir marta qayta saylanish imkoniga ega. Vazirlar Kengashining kengaytirilgan vakolatli Raisi lavozimi ham tashkil etildi. Yangi konstitutsiyaga ko‘ra, parlamentda ko‘pchilik partiya rahbari Vazirlar Kengashi raisi bo‘ladi.

Mart oyida deputatlar yangi qomus uchun ovoz berishdi, biroq Togo Prezidenti Faure Gnassingbe muxolifat noroziligidan keyin matnni qayta o‘qish uchun parlamentga qaytardi. Muxolifat ta’kidlashicha, hukmron partiya tashabbusi bilan qabul qilingan konstitutsiya Gnassingbega keyingi o‘n yil davomida oliy hokimiyatni saqlab qolish imkonini beradi.

Togoda umumiy saylov 29-aprel kuni bo‘lib o‘tadi. Amaldagi Prezidentning vakolati 2025-yil tugaydi.