FOTOREPORTAJ
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi tomonidan “G‘alla maydonlariga suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish” mavzuida Nukus tumaniga media-tur tashkil etildi.
Jurnalistlar jarayonda g‘alla maydonlariga joriy qilingan tomchilatib sug‘orish texnologiyasi bilan yaqindan tanishdi.
Media-tur davomida mas’ullar ishtirokchilarga suv tejovchi texnologiyalarning afzalliklari haqida keng ma’lumot berdi.
Mutaxassislar tomonidan jurnalist va blogerlarni qiziqtirgan barcha savollariga batafsil javob qaytarildi.
Maqsad HABIBULLAEV (surat), O‘zA