Toshkent shahar hokimligining xabar berishicha, 21-aprel kuni poytaxtda BYD VI Toshkent xalqaro marafoni va «Yangi nafas» marafoni bo‘lib o‘tadi.

Shu munosabat bilan bir qator ko‘chalarda transportlar harakati cheklanadi.

Soat 4:30 dan 14:00 ga qadar Afrosiyob ko‘chasi – Islom Karimov shohko‘chasi chorrahasidan Oybek ko‘chasigacha bo‘lgan qismi, Oybek ko‘chasi – Afrosiyob ko‘chasi chorrahasidan Nukus ko‘chasigacha bo‘lgan qismida transportlar harakati cheklanadi.

Shuningdek, Nukus – Oybek ko‘chalari chorrahasidan Abdulla Qodiriy ko‘chasigacha bo‘lgan qismi, Abdulla Qodiriy ko‘chasining bir qismi – Nukus ko‘chasi chorrahasidan Qorasaroy va Zarqaynar ko‘chalari chorrahasigacha, Abdulla Qodiriy ko‘chasining bir qismi – Qorasaroy va Zarqaynar ko‘chalari kesishgan joyidan Shahrisabz ko‘chasi chorrahasigacha transportlar harakati cheklanadi.

Bundan tashqari, Shahrisabz ko‘chasining bir qismi – Abdulla Qodiriy ko‘chasi chorrahasidan Amir Temur shohko‘chasi chorrahasigacha, Afrosiyob ko‘chasining  Oybek ko‘chasi bilan kesishgan qismidan Sharof Rashidov shohko‘chasigacha bo‘lgan qismi, Sharof Rashidov shohko‘chasi – Afrosiyob ko‘chasi chorrahasidan Islom Karimov shohko‘chasigacha, Islom Karimov shohko‘chasi hamda – Sharof Rashidov ko‘chasi chorrahasidan Afrosiyob ko‘chasigacha transportlar harakati cheklanadi.

 

Sh.Mamaturopova, O‘zA