Joriy yilning 14-sentyabr-6-oktyabr kunlari O‘zbekistonda futzal bo‘yicha jahon chempionati o‘tkazilishi haqida xabar berilgan edi.

Unda dunyoning eng kuchli 24 terma jamoasi jahon chempionligi uchun kurash olib boradi. Mazkur dunyo birinchiligi o‘ninchi bor tashkil etilmoqda. Shu kunga qadar mazkur chempionatga hamyurtlarimizdan tashqari Argentina, Braziliya, Kosta-Rika, Panama, Gvatemala, Kuba, Paragvay, Venesuela, Yangi Zelandiya, Xorvatiya, Niderlandiya, Portugaliya, Fransiya, Ispaniya, Ukraina va Qozog‘iston kabi futzal terma jamoalarmi yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Hozirda, Marokashda o‘tayotgan futzal bo‘yicha Afrika millatlar kubogida 3 ta, Tailand mezbonlik qilayotgan Osiyo kubogida 4 ta terma jamoa mazkur mundialga qo‘shilishi kutilmoqda.

Shu o‘rinda, Tailandda o‘tayotgan futzal bo‘yicha Osiyo kubogi guruh bosqichi ikkinchi turida O‘zbekiston terma jamoasi Iroqqa qarshi kuch sinashadi. Bellashuv bugun, 19-aprel kuni Toshkent vaqti bilan 19:00 da start oladi.

 

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA