Samarqand shahrida og‘ir atletika bo‘yicha 17 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionati qizg‘in pallaga kirdi.

Musobaqaning navbatdagi kunida vazni 64 kilogrammgacha bo‘lgan qizlar orasida Shahnoza Jabborova ikki kurash yakuniga ko‘ra 213 kg. natija qayd etgan holda mamlakat chempioniga aylandi. Shuningdek, Komiljon Ibragimov, Shahrizoda Ergashev va Rayhona Nurniyozova o‘z vazn toifalarida oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Medal jamg‘arish bo‘yicha Navoiy  jamoasi 3 ta oltin va 2 tadan kumush hamda bronza medal bilan peshqadamlik qilmoqda. Uning ortidan Qarshi  jamoasi 2 oltin, 3 ta kumush, 2 bronza, Xorazm jamoasi 2 oltin, 1 tadan kumush va bronza medali bilan bormoqda.

 

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA