O‘zbek va tojik xalqlari bir daryoning ikki irmog‘idir. O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi konstruktiv va ochiq muloqotlar Markaziy Osiyo mintaqasining barqaror rivojlanishini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etib, o‘zaro manfaatli hamkorlikning yangi siyosiy muhitini shakllantirishga xizmat qiladi.
Xalqaro maydonda, barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirish va xalqaro kun tartibidagi dolzarb masalalar bo‘yicha O‘zbekiston va Tojikistonning pozitsiyalari o‘xshashdir. Bugungi kunda ikki mamlakat rahbarlari o‘zaro manfaatli tamoyillar asosida ish olib bormoqdalar.
O‘zbekiston Prezidentining Tojikistonga safari chog‘idagi oliy darajali ikki tomonlama muzokaralari natijalariga qarab, xulosa qiladigan bo‘lsak, bugun tomonlar juda ko‘p sohalarda aloqalarni jadal rivojlantirmoqda.
- Ikki mamlakat o‘rtasidagi hozirgi munosabatlar bosqichiga qanday ta’rif berish mumkin?
- O‘zbekiston Tojikistonning tashqi savdo sheriklari qatorida qaysi o‘rinni egallab turibdi?
- Ikki qardosh mamlakatning ta’lim sohasidagi hamkorligi xususida qanday ijobiy yangiliklar bor?
Ushbu voqea atrofida paydo bo‘layotgan savollarga javob topish maqsadida bugun studiyamizga siyosiy fanlar nomzodi, dotsent Xayrulla Umarovni taklif etdik.
Suhbatni O‘zAning “YouTube” kanalida ko‘rishingiz mumkin.
O‘tkir Alimov, Asliddin Alijonov (video), O‘zA