XXR tashqi siyosiy idorasi Pekin shahrida O‘zbekiston – Xitoy Hukumatlararo qo‘mitasi Xavfsizlik sohasida hamkorlik bo‘yicha kichik qo‘mitasining sakkizinchi yig‘ilishi hamda ikki mamlakat tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi siyosiy maslahatlashuvning navbatdagi davrasi o‘tkazilgani haqida ma’lum qildi.

Delegatsiyalarga TIV rahbarlari o‘rinbosarlari Bobur Usmonov va Sun Veydun boshchilik qilgan, muzokara chog‘ida hamkorlikning joriy holati va istiqboli muhokama qilingan.

Uchrashuvda siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, harbiy, gumanitar sheriklikni mustahkamlash uchun mavjud salmoqli salohiyatni ro‘yobga chiqarishdan o‘zaro manfaatdorlik tasdiqlanib, madaniy va turistik almashinuvni faollashtirishga qaratilgan takliflar ko‘rib chiqildi.

BMT va boshqa xalqaro institutlar doirasida o‘zaro birdamlik masalasiga alohida urg‘u berildi. Shuningdek, xalqaro va mintaqaviy siyosatning dolzarb jihatlari yuzasidan fikr almashildi.

Muharrama Pirmatova,

O‘zA