18-aprel – Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasi xodimlari kuni

Bugun mamlakatimiz kommunal sohasi barqarorligini ta’minlashdek murakkab jarayon ortida birgina boshqaruv servis kompaniyalarida (BSK) 20 ming, sohada esa 80 ming nafardan ziyod xodimlar mehnat qilmoqda.

Ularning har kungi fidokorona mehnati natijasida aholi toza ichimlik suvi va issiqlik, elektr va gaz bilan ta’minlanmoqda. Shahar va tumanlardagi turar joy binolari obodonlashtirilib, aholini qiynab kelayotgan muammolar izchil hal etilmoqda.

2018-yil 6-martda Qonunchilik palatasi tomonidan «O‘zbekiston Respublikasi uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasi xodimlari kunini belgilash to‘g‘risida»gi qonun qabul qilindi. Senat tomonidan 2018-yil 29-martda ma’qullandi va 2-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ushbu qonunni imzoladi.

Kommunal xizmat ko‘rsatish sohasi faoliyati samaradorligini yanada oshirish, sadoqat bilan bajarilgan mehnatni rag‘batlantirish maqsadida mamlakatimizda 18-aprel – Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasi xodimlari kuni etib belgilandi.

M.MADAMINOVA, O‘zA