Andijon shahrida joylashgan Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida taekvondo WTning kyorugi va pumse yo‘nalishlari bo‘yicha “Andijan Open” xalqaro turniriga start berildi.

O‘zbekiston sport vazirligi, Milliy olimpiya qo‘mitasi, mamlakatimiz taekvondo WT assotsiatsiyasi tomonidan tashkil etilgan ushbu xalqaro turnir 21-aprel kuniga qadar davom etadi. Unda taekvondochilar uch yosh toifasida bellashadi.

Ma’lumot uchun, xalqaro turnirda hamyurtlarimizdan tashqari Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Rossiya va Hindistondan kelgan ming nafardan ziyod sportchilar qatnashmoqda.

 

Javohir Toshxo‘jayev,  

O‘zA