Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentning Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xo‘jayli hamda Taxiatosh tumanlari bo‘limlari tomonidan Davlat xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar bo‘limlari xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda haydovchilik guvohnomalarini olib berish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari fosh etildi.
Jumladan, departamentning Xo‘jayli tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tadbirda fuqaro T.J. fuqaro F.K.ni tanishlari yordamida haydovchilik guvohnomasini olish uchun bo‘lib o‘tadigan imtihondan o‘tkazib qo‘yishi evaziga 6 million so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlandi.
Shuningdek, departamentning Taxiatosh tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda esa fuqaro M.Sh. fuqaro S.T, M.D, R.U, M.B.ga tanishlari yordamida haydovchilik guvohnomasini olish uchun bo‘lib o‘tadigan imtihondan o‘tkazib qo‘yishni va’da qiladi.
Shuning evaziga 550 AQSH dollarini va 5 million so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda
Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri