Qatarda 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasida o‘tkazilayotgan Osiyo kubogining «D» guruhida birinchi tur uchrashuvlarining dastlabkisi bo‘lib o‘tdi.
Unda O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi «Khalifa International» stadionida Malayziya termasi bilan raqobatlashdi. Vakillarimiz ustunligida o‘tgan ushbu o‘yinda 2:0 hisobi qayd etildi. O‘yinda Jasur Jaloliddinov, Ulug‘bek Hoshimov kabi futbolchilarimiz o‘z hisoblariga gol yozib qo‘ydi.
Shu tariqa, ilk turni g‘alaba bilan boshlagan Temur Kapadze qo‘l ostidagi termamiz guruh bosqichining ikkinchi turida 20-aprel kuni Quvayt terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA