Bugun poytaxtimizda “ACWA Power” va “Apex Life Insurance” kompaniyalari xodimlar turmushi sifatini oshirishga qaratilgan kelishuv imzolandi.

Ushbu tadbirda mahalliy va xorijlik mutaxassislar hamda soha vakillari ishtirok etdi.

“ACWA Power” kompaniyasining xodimlarni boshqarish bo‘yicha direktori Firuza Mavlonova tomonlar o‘rtasida imzolangan ushbu shartnomalarning ahamiyati haqida to‘xtalib o‘tdi:

– Qayd etilganidek, bugun “Apex Life Insurance” sug‘urta kompaniyasi va Saudiyaning “ACWA Power” energetika kompaniyasi o‘rtasida ikkita muhim kelishuvni imzolandi. Ularga ko‘ra, respublikaning turli hududlarida mehnat faoliyatini yuritayotgan “ACWA Power” xodimlari uchun Well-being dasturi va ularning oila a’zolari uchun noyob sug‘urta dasturi amalga oshiriladi. Loyihalarni amalga oshirish 2024-yil 1-mayda boshlanadi.

Aytish joizki, “Apex Life Insurance” – 2019-yildan buyon hayotni sug‘urtalash sohasida ishlovchi yetakchi kompaniyalardan biridir. “Apex Life Insurance” kompaniyasi sug‘urta mahsulotlari sirasida ITS, chet elga chiquvchilar sug‘urtasi, uzoq muddatli jamg‘arib boriluvchi hayotni sug‘urtalash dasturlari va boshqa ko‘plab sug‘urta turlari mavjud. Kompaniya faoliyati yo‘nalishlaridan biri – bu ixtisoslashgan sug‘urta dasturlaridir. Aynan shu sababli, “Apex Life Insurance” O‘zbekiston bozoriga yaqinda kirib kelgan va allaqachon personal bilan ishlashga innovatsion yondashuvlarni tatbiq etayotgan “ACWA Power” kompaniyasining xodimlari uchun ijtimoiy paket ishlab chiqish bo‘yicha noyob so‘rovni ishtiyoq bilan bajarishga kirishdi.

Shu o‘rinda, ota-onalar uchun sug‘urta dasturi haqida to‘xtalsam.

O‘zbekistonda an’anaviy ravishda turli avlod vakillari bir oilada yashaydilar va xo‘jalik yuritadi. Aynan mana shunday oilalarda ilk bolalikdanoq mehnatsevarlik, kattalarga hurmat, bilimga chanqoqlik singadi. Ko‘pincha keksa ota-onalar ham o‘z bolalarining oilalarida yashaydi. Ularning parvarishi farzandlar zimmasida bo‘ladi. “ACWA Power” kompaniyasi g‘amxo‘rlikning bir qismini o‘ziga olishga va xodimlari o‘z oilalari a’zolaridan maksimal xotirjam bo‘la olishlari uchun ularga ko‘maklashishga qaror qildi.

“ACWA Power”ning shaxsiy so‘rovi bilan O‘zbekiston sug‘urta bozori uchun innovatsiyaviy bo‘lgan kompensatsion ijtimoiy paket ishlab chiqildi. Endi kompaniya xodim va uning oila a’zolarining tibbiy sug‘urtasinigina emas, balki xodimning ota-onasi salomatligini sug‘urtalash bilan bog‘liq masalalarni ham o‘z zimmasiga oladi va xodimni butun moliyaviy xarajatlardan xalos qiladi. Dastur ham amaldagi, ham yangi xodimlarga taalluqlidir.

“Well-being” dasturi chekka nuqtalarda ishlovchi xodimlar uchun mo‘ljalllangan. “ACWA Power” kompaniyasi O‘zbekistonda muqobil energetika sohasida 15 ta loyihani amalga oshirmoqda. Ularning bir qismi respublikaning chekka hududlarida joylashgan. Xalqaro amaliyot ko‘rsatishicha, vaxta rejimida ishlovchi xodimlar, uylari va yaqinlaridan narida, murakkab va noodatiy sharoitlarda ishlash, reglamentlangan kun tartibida, shaxsiy makon tanqisligida, cheklangan sonli hamkasblar orasida ishlash tufayli psixologik chorlovlarga duch kelishlari, stress va hissiy zo‘riqishga uchrashlari ko‘p kuzatiladi.

Xodimlarning psixologik va jismoniy holati haqida qayg‘urib, “Apex Life Insurance”, “ACWA Power” so‘roviga binoan xodimlarning ichki holati va qoniqqanlik darajasini yaxshilashga doir kompleks yondashuvni amalga oshirishga yo‘naltirilgaan “Well-being” korporativ dasturini ishlab chiqdi. Bu ishchilar farovonligiga erishish uchun qulay bo‘lgan, har bir ishchi va umuman, tashkilot foydasiga gullab-yashnash va mavjud salohiyatlarni to‘liq ro‘yobga chiqarishga xizmat qiluvchi muhitni yaratish imkonini beradi. Dastur chekka hududlarda vaxta uslubida ishlovchi kompaniya xodimlariga mo‘ljallangan.

Zamonaviy voqelikda bunday dolzarb so‘rovga munosib javob berish uchun dastur ishlab chiqishga malakali vrach, klinik diyetolog-nutritsiolog, immuno-diyetolog, ovqatlanish va sport genetikasi mutaxassisi, STT-kouch jalb qilindi. Ular har bir xodimning antropometrik ma’lumotlarini to‘plash va tahlil qilish, salomatlik maqomini, xatar omilini, jismoniy faollik sarfi va boshqa muhim parametrlarni to‘plash va tahlil qilish kabi vazifalarni bajaradi.

Dasturni tatbiq etish kun-u tun murojaat qilish mumkin bo‘lgan psixologlar guruhi ko‘magida amalga oshiriladi.

Muxtasar aytganda, “ACWA Power” kompaniyasi hamkasblarga e’tiborli bo‘lish va har bir xodim haqida alohida g‘amxo‘rlik ishchilarning ichki motivatsiyasini oshirib, har bir xodimni kompaniyaning umumiy maqsadlariga erishish jarayoniga ham faol jalb qiladi. Bu boshqa kompaniyalar uchun ajoyib namuna bo‘ladi hamda O‘zbekistondagi raqobat muhitini rivojlantirishga va mehnat bozorini yaxshilashga yordam beradi.

O‘zA muxbiri Nasiba Ziyodullayeva yozib oldi