Prezident raisligida to‘qimachilik sohasida eksport va investitsiya hajmlarini oshirish masalalari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.

Qayd etilganidek, bugungi kunda chetdan yuqori hosildor urug‘lik chigit keltirib, 100 ming gektarga ekish ishlari olib borilmoqda.

Xorazm viloyatida 8 ming gektarga chigit to‘liq ekib bo‘lingan. Andijon viloyatida ekish yaqinda tugatiladi. Qoraqalpog‘iston, Navoiy, Samarqand, Surxondaryo, Toshkent viloyatlarida ekish ishlari 10 foiz, Qashqadaryo, Namangan, Farg‘onada 30 foiz, Buxoro, Jizzax va Sirdaryoda 60 foizga ham bormasligi ta’kidlandi.

Mutasaddilarga bu boradagi ishlarni jadallashtirish zarurligi ta’kidlandi.

O‘zA