Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bir necha xorijiy davlatlar tibbiyot muassasalari bilan xalqaro hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan.
So‘nggi yillarda tizimdagi xalqaro aloqalar kengayib, muhim kelishuvlar hamda istiqbolli shartnomalar imzolanishiga erishilmoqda. Shu asosda xorijiy mutaxassislar bilan murakkab jarrohlik amaliyoti, chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘riklarni sun’iy intellekt texnologiyalari yordamida o‘tkazish ishlari olib borilmoqda.
Shu kunlarda U.Xalmuratov nomidagi Qoraqalpog‘iston Respublikasi ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida Germaniyaning Bonn shahridan kelgan shifokor Burkxard Groylix fuqarolarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazmoqda. Shifokor yurtimizda aprel oyining oxirigacha bo‘lib, mahalliy mutaxassislar bilan hamkorlikda faoliyat olib boradi.
Dovud Abibullayev,
O‘zA muxbiri