FOTOREPORTAJ
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qo‘ng‘irot tumanidagi 25-maktabgacha ta’lim tashkiloti 2021-yilda investitsiya dasturi doirasida rekonstruksiya qilinib, 270 o‘rinli zamonaviy binoga ega bo‘lgan.
Bugungi kunda tashkilotda 9 ta guruh faoliyat yuritmoqda. Bolalarga “Ilk qadam” dasturi bo‘yicha ta’lim va tarbiya beriladi. Kichkintoylarni bilim, tasviriy va amaliy san’at, musiqa va tabiatga qiziqtirish maqsadida alohida mashg‘ulotlar tashkil etilgan. Shuningdek, badiiy gimnastika, shaxmat-shashka, karate-do, raqs, mental arifmetika to‘garaklari faoliyat yuritmoqda.
Bolajonlar dastlabki bilim va mahoratini turli bayram tadbirlari, festival va ijodiy ko‘rik-tanlovlarda namoyish etmoqda.
Maqsad HABIBULLAEV (surat), O‘zA