O‘zbekistonda firibgarlikning yangi usulidan foydalangan holda aholini chuv tushirishmoqda. Sodda insonlar o‘zi bilmagan holda ushbu g‘arazli niyatdagi kimsalarning tuzog‘iga tushib qolyapti.

Firibgarlar avval sizga qo‘ng‘iroq qilib, go‘yo o‘zini adashib tushgandek tutadi va ovozingizni yozib oladi.

So‘ng maxsus dasturlar orqali ushbu yozib olingan ovoz ohangida sizning otangiz, onangiz yoki boshqa yaqin kishingizga qo‘ng‘iroq qiladi va go‘yoki baxtsiz hodisa yuz berganligi, bu ishlarni hal qilish uchun pul mablag‘i zarurligini aytadi…

M.Eshmirzayeva, Asliddin Alijonov (video), O‘zA