Kolumbiya Prezidenti Gustavo Petro Isroilni BMT Xavfsizlik kengashining G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatishni talab qiluvchi rezolyutsiya loyihasini bajarmaganlikda ayblab chiqdi.

– Yana boshlandi. Kechagi hujumlarga munosabat bildirilishi ortidan bolalarning o‘ldirilishi va BMT Xavfsizlik kengashining sulh rezolyutsiyalarining buzilishi davom etdi. Insoniyat tinchlik istaydi, — deb yozdi davlat rahbari o‘zining ijtimoiy tarmog‘ida.

Shuningdek, u o‘z profilida Isroil armiyasining G‘azodagi qochqinlar lageriga qilgan so‘nggi hujumi aks etgan kadrlarni ham ulashgan.

O‘zA