Poytaxtimizda 21-aprel kuni BYD VI Toshkent xalqaro marafoni bo‘lib o‘tadi. Unda dunyoning 45 mamlakatidan kelgan 6 ming nafarga yaqin atletlar ishtirok etishi kutilmoqda.

Mazkur sport tadbiri dasturidan 42 km. klassik marafon masofasi, 21 km. yarim marafon masofasi, 3 hamda 10 km. masofalar o‘rin olgan.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar, Sport, Mudofaa, Favqulodda vaziyatlar, Ichki ishlar vazirliklari, Toshkent shahar hokimiyati, Milliy olimpiya qo‘mitasi, Yoshlar ishlari agentligi, Kasaba uyushmalari federatsiyasi, «O‘zbekneftgaz» AJ hamda mamlakatimiz yengil atletika federatsiyasi tomonidan tashkil etiladigan marafonining umumiy sovrin fondi 720 million so‘m etib belgilandi.

Ma’lumot uchun, Toshkent marafoni xalqaro miqyosdagi sport tadbiri bo‘lib, «World Athletics Label« maqomiga ega hamda «World Athletics« (Yengil atletika federatsiyalari xalqaro assotsiatsiyasi) musobaqalar taqvimiga kiritilgan.

 

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA