Fuqarolik ishlari bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qo‘ng‘irot tumanlararo sudining 2023-yil 7-noyabrdagi ijro hujjatiga asosan, fuqaro S.Muratovni Shumanay tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limidagi oldingi ish o‘rniga tenglashtirilgan o‘ringa tiklash belgilangan.

O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organ hujjatlarini ijro etish tӯg‘risida”gi qonun talabiga muvofiq, ishga tiklash va ish haqi undirish haqidagi sudlarning ijro hujjatlari Byuro organlariga taqdim etilmasdan avval ish beruvchi tashkilotga topshirilishi lozimligi belgilab qo‘yilgan. Shu sababli fuqaro S.Muratov sud hujjatining ijrosini ta’minlab berishni so‘rab, Shumanay tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga topshirgan.

Mazkur bo‘lim sud qarori ijrosini ta’minlamaganidan so‘ng fuqaro Byuroning Shumanay tuman bo‘limiga murojaat qilgan va ijro harakatlariga kirishilgan.

Bo‘lim davlat ijrochisi Shumanay tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘iga hujjat ijrosi ta’minlanishi lozimligi, uning ijrosini ta’minlamaslik oqibati haqida ogohlantirish bergan. Shundan so‘ng tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘ining 2024-yil 8-apreldagi buyrug‘iga asosan, fuqaro S.Muratov o‘zining avvalgi ish o‘rniga tenglashtirilgan lavozimga ishga tiklandi.

Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri