Ertaga Yevropa Ittifoqi tashqi ishlar vazirlari Eronning Isroilga hujumi ortidan Yaqin Sharqdagi keskinlikni muhokama qilish uchun yig‘ilish o‘tkazadi. Bu haqda blok tashqi siyosat departamenti rahbari Jozep Borrel ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “Kazinform” axborot agentligi.
– Eronning Isroilga qilgan hujumidan so‘ng darhol Yevropa Ittifoqi tashqi ishlar vazirlarini favqulodda yig‘ilishga chaqirdim, – dedi Borrel’. — Maqsadimiz mintaqada keskinlikni pasaytirish va xavfsizlikka ko‘maklashishdir. Yevropa Ittifoqi Eronning uchuvchisiz samolyotlar va raketalar yordamida Isroilga hujumlarini keskin qoralaydi. Bu misli ko‘rilmagan keskinlik va mintaqaviy xavfsizlikka tahdiddir. Yevropa Ittifoqi Isroil xavfsizligiga sodiqligini yana bir bor tasdiqlaydi. Ushbu o‘ta keskin mintaqaviy vaziyatda yanada keskinlashuv hech kimga foyda keltira olmaydi. Biz barcha tomonlarni maksimal darajada vazminlikka chaqiramiz.
Eslatib o‘tamiz, shanba kuni kechqurun Eron o‘z hududidan Isroil tomonga uchuvchisiz uchoqlar va raketalarning katta to‘lqinini ishga tushirdi, bu Islom Respublikasining yahudiy davlatiga birinchi marta to‘g‘ridan to‘g‘ri hujumi bo‘ldi.
Yakshanba kuni Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha vakili Jozep Borrel Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlar nomidan Eronning Isroilga qarshi hujumlarini keskin qoraladi.
O‘zA