Eron Islom Respublikasi Prezidenti Ibrohim Raisiy Isroil Suriyadagi Eron konsulligiga hujum qilgani uchun javob zarbalari bilan jazolanganini aytdi.

Eronning rasmiy axborot agentligi IRNA Raisiyning Isroil masalasidagi bayonotini ommaga e’lon qildi.

Prezident Isroilga qarshi operatsiya Eronning Suriyadagi konsulligiga hujumga javoban “o‘zini himoya qilish” maqsadida amalga oshirilganini aytdi.

Raisiyning qayd etishicha, Tehron har qanday tashqi tajovuzlarga qarshi qat’iyroq javob beradi.

Mamlakatning Inqilobiy gvardiya armiyasi qo‘mondoni Husayn Salamiy ham “agar tashqi kuchlarning harakatlari Eron manfaatlariga qarshi bo‘lsa” Isroilga yana zarba berilishini ta’kidladi.

O‘zA