Bahor kelishi bilan ko‘pgina jonivorlar uyqudan uyg‘onib, hayotining muhim bosqichi boshlanadi. Endi ular qishda sarflagan vitaminlari va kaloriya o‘rnini to‘ldirishi va nasl qoldirishi kerak. Ayni shu vaqtda ular barkonerlardan himoyaga muhtoj bo‘ladi.

O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 90-moddasiga ko‘ra, ov qilish va baliq ovlash qoidalarini, shuningdek hayvonot dunyosidan foydalanishning boshqa turlarini amalga oshirish qoidalarini buzish huquqbuzarlik hisoblanib,  tegishli javobgarlikka sabab bo‘ladi.

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligidan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, tegishli ruxsati bo‘lmay turib yoki taqiqlangan joylarda yohud taqiqlangan muddatlarda, taqiqlangan qurollar yoki vositalar bilan  ov qilish yoki  baliq ovlash  shu huquqbuzarlikni sodir etish quroli va ashyolarining musodara qilinishiga sabab bo‘ladi. Huquqbuzar jarima  to‘laydi. Fuqarolar bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravaridan o‘ttiz baravarigacha, ya’ni  8,5 million so‘mdan  10,2 million so‘mgacha jarima  to‘laydi. Agar shu huququzarlikni mansabdor shaxs sodir etgan bo‘lsa,  jarima miqdori bazaviy hisoblash miqdorining qirq  baravaridan ellik baravarigacha, ya’ni 13,6 million so‘mdan 17 million so‘mgacha bo‘lgan summani tashkil qiladi.  Shuningdek, huquqbuzar 3-yilgacha ov qilish huquqidan mahrum qilinishi mumkin.

 Roman Bondarchuk tayyorladi, O‘zA