Poytaxtimizda o‘tayotgan IBA «Chempionlar oqshomi»da vazni -60 kilogrammgacha bo‘lgan charm qo‘lqop ustalari bahsida Elnur Abduraimov va Karlos Ornelas (Meksika) ringga ko‘tarildi. Keskin va murosasiz o‘tkazilgan ushbu bellashuvlarda Elnur g‘olib bo‘ldi.

Og‘ir vazn toifasidagi janglarning birida yosh iste’dodli bokschimiz Jahongir Zokirov xorvatiyalik Smakiki Agronga qarshi kuch sinashdi. Jahongir unda o‘ziga bildirilgan ishonchni oqladi va zafar quchdi.

Ma’lumot uchun, kechada hamyurtlarimiz ishtirokida yana Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev – Fatix Keles (Turkiya) va Hasanboy Do‘smatov –Samuel Karmona (Ispaniya) o‘rtasidagi janglar o‘tkaziladi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA