Poytaxtimizdagi «Universal» sport saroyida dzyudo bo‘yicha o‘smirlar va yoshlar o‘rtasida Uchqun Murodov xotirasiga bag‘ishlangan Osiyo ochiq kubogining navbatdagi kunida yoshlar o‘rtasidagi bellashuvlar o‘tkazildi. Unda g‘olib va sovrindorlar 3 ta vazn toifasida aniqlandi.
Musobaqaning o‘g‘il bolalar bahsida Anvarjon Ibrohimov, Dilshodbek Hamroyev, Akobir Ubaydullayev, qizlar o‘rtasida Sevinch Murodova, Zarina Jamolova, Despina Bochkova hamda Marjona Nurulloyeva o‘z vazn toifasida barcha raqiblarini mag‘lubiyatga uchratib shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan joy oldi.
Eslatib o‘tamiz, Musobaqaning o‘smirlar o‘rtasidagi bellashuvlarida O‘zbekiston terma jamoamiz a’zolari 16 ta oltin, 10 ta kumush va 24 ta bronza, jami 47 ta medalni qo‘lga kiritdi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA