Xabaringiz bor, ayni damda «Humo Arena» majmuasida professional boks bo‘yicha IBA «Chempionlar oqshomi» musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda.

Kechaning ilk jangi -75 kg. vazn toifasida A’loxon Abdullayev va Jargal Otgonjargal (Mo‘g‘uliston) o‘rtasida o‘tkazildi. Ushbu jang 6 raund etib belgilandi.

Jangda A’loxon raqibiga nisbatan metin himoya va aniq zarba uslubida jang ko‘rsatdi. Va buning samarasida charm qo‘lqop ustamiz 5-raundda raqibini nokautga uchratgan holda g‘alaba qozondi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA