O‘zbekiston – Shvetsiya: hamkorlik aloqalari yanada kengayadi
305

O‘zbekistonning Shvetsiyadagi favqulodda va muxtor elchisi Nodir G‘aniyev Stokgolm shahar kengashi rahbari Olle Burell va Stokgolm biznes hududi (Stockholm Business Region) bosh direktori vazifasini bajaruvchi Karolin Strand xonim bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda elchixona matbuot xizmati.
– Biz ikki tomonni qiziqtirgan ko‘plab masalalarni muhokama qildik, – deydi elchi N.G‘aniyev. – Masalan, ma’muriy islohotlar va samarali boshqaruvning ilg‘or tajribalarini o‘rganish, innovatsion va ekologik toza texnologiyalarni joriy etish, ayniqsa, chiqindilarni boshqarish va qayta tiklanadigan energiya, shaharlarni birlashtirish loyihalarida ishtirok etish, O‘zbekiston madaniyati, san’ati va milliy taomlarini targ‘ib qilish, shular jumlasidan.
Muzokara chog‘ida O‘zbekiston va Shvetsiya tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqalar o‘rnatish masalasi ham ko‘rib chiqildi.
Muharrama Pirmatova, O‘zA