Amir Temur saltanatida davlat va jamiyat ishlari (+video)
Amir Temur tarixiy shaxs, buyuk sarkarda. U jamiyatni taraqqiyot uchun birlashtira olgan inson. Bobokalonimizning bizga qoldirgan ulkan merosi, o‘gitlari bugungi kunda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan. Ushbu mavzuda Alfraganus universiteti, Ijtimoiy fanlar fakulteti katta o‘qituvchisi Axror Davkarov bilan suhbatlashdik.
– Amir Temurning davlat boshqaruvida va jamiyat shakllanishida roli qanday bo‘lgan?
– Bugun xalqimiz Amir Temur haqida juda ko‘p ma’lumotga ega. Temur tarixini olimlarimiz juda ko‘p o‘rganishgan. Temuriyzodalar haqida juda ko‘p ma’lumot yig‘ishgan. Davlatni qanday boshqarganligi va jamiyatdagi o‘rni, o‘sha davr uchun qilingan yangiliklar… Bilasizmi bir narsani aytib o‘tmoqchiman. Amir Temurning “Temur tuzuklari”da hozirgi davrga to‘g‘ri keladigan juda ko‘p qonun va qoidalar bor.
Hammamiz yaxshi bilamizki Amir Temur xon avlodidan chiqmagan. Barlos avlodidan Kesh hokimining o‘g‘li bo‘lgan. Xo‘ja Ilg‘or qishlog‘ida tavallud topgan. O‘rganishimizning sababi davlat boshqaruvida nozik jihatlar bor. Doimiy kengash. Qarorni doimo kengashib chiqargan…
Sanjar Toshpo‘latov, Abror Sodiqov, Ulug‘bek To‘xtayev (video), O‘zA