Temuriylar Renessansi: tarix, tadqiqotlar va muammolar

274

Temuriylar tarixi davlat muzeyining anjumanlar zalida «Temuriylar Renessansi: tarix, tadqiqotlar va muammolar» mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o‘z ishini boshladi.

Anjumanda muzey direktori, tarix fanlari nomzodi Xurshid Fayziyev, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti Bahrom Abduhalimov va boshqalar Sohibqiron Amir Temur va temuriylarning jahon tamadduni, ilm-fani, madaniyati va san’ati, me’morchiligidagi ulkan o‘rni va ahamiyati xususida atroflicha so‘zladi.

Temuriylar davri Renessansi Yevropa uyg‘onish davriga ham o‘ziga xos ijobiy ta’sir ko‘rsatgani tarixdan yaxshi ma’lum.

Jahongir bobomiz dunyoda ilm, ma’rifat, ma’naviyat, san’at va madaniyat homiysi sifatida nom qozongan. Temurning harbiylik, diplomatiyaga oid an’ana va yo‘riqlari hanuz katta e’tibor bilan o‘rganiladi.

Anjumanda O‘zbekistonning taniqli temurshunos olimlari bilan bir qatorda xorijlik tadqiqotchilarning ham ma’ruzalari tinglandi.

Kun davomida muzeyda «Ochiq eshiklar kuni» o‘tkazildi va tomoshabinlarga muzey ekspozitsiya zallari bo‘ylab sayohatlar uyushtirilmoqda.

N.Usmonova, O‘zA