Avval xabar berganimizdek mamlakatimizning birinchi raqamli ayol tennischisi Nigina Abduraimova Shveysariyada o‘tkazilayotgan «W75 BELLINZONA LADIES OPEN» turnirida ishtiroki davom etmoqda.

Musobaqaning juftlik bahslarida Nigina Abduraimova hamda fransiyalik Karol Monne dueti chorak finaldan sloveniyalik Dalila Yakupovich hamda ruminiyalik Irina Bara tandemi bilan raqobatlashishi kerak edi. Biroq mazkur uchrashuv oldidan Dalila va Irina noma’lum sabablarga ko‘ra kortga tushmaydigan bo‘ldi. Buning natijasida Nigina hamda Karol hech bir to‘siqsiz yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Endi ular final bosqichi oldidan AQSH sharafini himoya qilayotgan Karchen Korley va Ivana Korleyga qarshi o‘yin o‘tkazadi. Mazkur bahs Toshkent vaqti bilan soat 15:00 dan so‘ng boshlanadi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA