O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Osiyo futbol konfederatsiyasiga “Parij-2024” Olimpiya o‘yinlari uchun muhim saralash musobaqasi bo‘lgan qit’a kubogi bahslarida ishtirok etishi rejalashtirilgan 23 nafar futbolchidan iborat milliy terma jamoa ro‘yxatini taqdim etdi.

Aytish lozim, Qatarda o‘tadigan Osiyo kubogida Vatanimiz sharafini himoya qiladigan 23 nafar futbolchidan iborat U-23 terma jamoa tarkibi ma’lum. Biroq musobaqa nizomiga binoan jamoalar yakuniy ro‘yxatni o‘yinlar startiga qadar o‘zgartirish imkoniyatiga ega.

E’lon qilingan tarkibga ko‘ra, O‘zbekiston U-23 terma jamoasi quyidagi ko‘rinishga ega bo‘lib turibdi:

Darvozabonlar: Vladimir Nazarov, Hamidullo Abdunabiyev, Abduvohid Ne’matov.

Himoyachilar: Muhammadqodir Hamraliyev, Odilbek Abdumajidov, Saidazamat Mirsaidov, Mahmud Mahamadjonov, Alibek Davronov, Zafarmurod Abdirahmatov, Asadbek Rahimjonov, Ahmadillo Muqumjonov.

Yarim himoyachilar: Ibrohim Ibragimov, Jasurbek Jaloliddinov, Abdurauf Bo‘riyev, Umarali Rahmonaliyev, Behro‘z Asqarov, Diyor Xolmatov.

Hujumchilar: Ulug‘bek Hoshimov, Otabek Jo‘raqo‘ziyev, Husayn Norchayev, Ruslanbek Jiyanov, Alisher Odilov, Po‘latxo‘ja Xoldorxonov.

Bosh murabbiy: Timur Kapadze.

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi xabariga ko‘ra, ushbu ro‘yxatda bir oz o‘zgarish bo‘lishi ehtimoldan yiroq emas. Boisi, ayni paytda xorijda to‘p tepuvchi futbolchilarimizning klublari bilan muzokaralar davom ettirilmoqda va yakuniy ro‘yxat Osiyo kubogi bahslari boshlanish arafasida to‘liq tasdiqlanadi.

 

T. Ro‘ziyev, O‘zA