BMT Bosh kotibi musulmonlarni Ramazon hayiti bilan tabrikladi

259

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish musulmon dunyosini Ramazon oyi bilan tabrikladi va G‘azo, Sudan va boshqa ko‘plab joylarda musulmonlar bayramni nishonlay olmaganidan “yurak eziladi” dedi.

– Yuragim sindi. G‘azo, Sudan va boshqa ko‘plab joylarda mojaro va ocharchilik tufayli ko‘plab musulmonlar Ramazonni munosib nishonlamaydi, — deb yozdi Guterrish ijtimoiy tarmoqlarda.

Bosh kotib o‘z tabrigida butun musulmon olamiga eng ezgu tilaklarini bildirgan.

 

G.Sattorova,

O‘zA