Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Jizzax viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tmoqda.
Yig‘ilishda iqtisodiyot tarmoqlarida o‘zimizda ishlab chiqarilgan qurilish materiallaridan foydalanishni kengaytirish muhim ekani qayd etildi.
Masalan, o‘zimizda chiqadigan bazalt mahsulotlari ham ichki ehtiyojni, ham tashqi talabni to‘liq qoplashga yetarli.
Mahalliy bazalt mahsulotlarini xalqaro sertifikatsiyadan o‘tkazishga ko‘maklashish, qurilish, irrigatsiya va kommunal xo‘jaligidagi qurilish normalarida bazalt mahsulotidan foydalanishni ko‘paytirish lozimligi ta’kidlandi.
Yevropa va boshqa rivojlangan davlatlardan olim va mutaxassislarni olib kelib, bu sohada ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirishga ko‘rsatma berildi.
O‘zA