Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tayotgan yig‘ilishda Jizzax viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari muhokama qilinmoqda.
Davlatimiz rahbari fursatdan foydalanib, yaqinlashib kelayotgan tinchlik, shukronalik, mehr-oqibat va saxovat ramzi bo‘lgan ulug‘ ayyom – Ramazon hayiti bilan yurtimizdagi barcha mo‘min-musulmonlarni, butun xalqimizni tabrikladi.
–Bugun yana bir muhim sana – buyuk sarkarda bobomiz, Sohibqiron Amir Temur tavallud topgan kun, – dedi Prezident.
O‘zA