FOTOREPORTAJ

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘limi ko‘rgazmalar saroyida “Mona Liza Nukusda” nomli yangi badiiy ko‘rgazma tashkil qilindi.

Ko‘rgazmada Nukus ixtisoslashtirilgan madaniyat maktabining “Tasviriy san’at” ta’lim yo‘nalishi bo‘limining bir guruh iqtidorli o‘quvchilari hamda tajribali ustozlarining 130 dan ortiq asarlari namoyish etilmoqda.

Ustoz rassomlar – Rustam Boymurzayevning “Qumg‘anlar”, Ajinyoz Xudoybergenovning “Chingizxon”, Islom Jarimbetovning “Tungi etyud”, Sulton Davletovning “Miniatyura”, iste’dodli o‘quvchilar – Feruza Davletboyevaning “Kelin”, Rayhon Bozorboyevaning “Baralef”, Ramazon Maxsetboyevning “An’anaviylik” kabi rangtasvir, grafika va boshqa janrdagi qator asarlari ko‘pchilikda yaxshi taassurotlar qoldirmoqda.

Maqsad HABIBULLAEV (surat), O‘zA