FOTOREPORTAJ

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Taxiatosh tumanidagi “Yunga Print Taxiatash” mas’uliyati cheklangan jamiyati 2023-yilda yosh tadbirkor Po‘lat Yerimbetov tomonidan tashkil etilgan. Korxona servis xizmati  ko‘rsatishga ixtisoslashgan.

– Bank tomonidan ajratilgan 32 million so‘mlik kredit mablag‘i evaziga korxonamizga bir qancha yangi uskunalar sotib oldik, – deydi tadbirkor Po‘lat Yerimbetov. – Bu yerda aholiga nusxa ko‘chirish, muqovalash, matn terish kabi kompyuter ishlari hamda kompyuter jihozlarini ta’mirlash xizmati ko‘rsatilmoqda. Buyurtmalar ko‘p. Asosiysi, xizmat sifatidan aholi mamnun.

 

Maqsad HABIBULLAEV(surat),O‘zA