Turkiyaning Antaliya shahrida o‘tkazilgan xalqaro tennis turnirida hamyurtimiz Sergey Fomin juftlik bahslarida sovrindor bo‘ldi.
Musobaqada Sergey juftliklar o‘rtasida neytral tennischi Pavel Verbin bilan dastlab, neytral tennischilar Andrey Shepelev va Kirill Kalennik tandemini 7:5, 6:2, chorak finalda shveysariyalik Matteo Lavizzari va chexiyalik Shtepan Pechak juftligini 7:5, 6:4, 1/2 final bosqichida mezbon tennischilar Umut Akkoyun hamda Mert Nachi Turker tandemini 7:6, 6:4 hisobida taslim qilgan holda finalga chiqdi.
Nufuzli turnirning so‘nggi hal qiluvchi final bosqichida Sergey va Pavel germaniyalik Jon Shperle va Marlon Vankanga qarshi kortga chiqdi. Afsuski, ushbu bahsda germaniyalik tennischilar 7:6, 6:1 hisobida g‘alaba qozondi. Shu tariqa Sergey Fomin va Pavel Verbin musobaqaning vitse-chempioniga aylandi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA