O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi delegatsiyasining Rossiya Federatsiyasiga tashrifi davom etmoqda.

Tashrif doirasida O‘zbekiston Bosh prokurori N.Yo‘ldoshev Tatariston Prezidenti R.Minnixanov bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida janob R.Minnixanov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev rahbarligida amalga oshirilayotgan, mamlakatimizni barcha sohalarda rivojlantirishga qaratilgan islohotlarni yuksak baholadi.

Shuningdek, Tatariston rahbari yaqin oradagi O‘zbekiston Respublikasiga tashrifi samarali bo‘lganini qayd etib, Surxondaryo viloyatidagi «Ayritom» erkin savdo zonasi bilan tanishganini ta’kidladi.

Tadbir yakunida R.Minnixanov O‘zbekiston bilan barcha yo‘nalishlarda do‘stona munosabatlarni yanada mustahkamlashdan manfaatdor ekanligini bildirdi.

N.Abduraimova, O‘zA