Turkiya 9 davlatdagi, jumladan AQSHdagi elchilarini, shuningdek mamlakatning BMTdagi doimiy vakilini almashtirdi.

“AzerTAJ” xabariga ko‘ra, Prezident Rejep Tayyip Erdog‘an tomonidan imzolangan tegishli qaror juma kuni rasmiy gazetada e’lon qilindi.

Endi Turkiyaning Vashingtondagi diplomatik missiyasiga 2023-yil fevraldan beri BMTda doimiy vakillik qilgan sobiq tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Sedat O‘nal boshchilik qiladi. Ayni vaqt Nyu-Yorkda O‘nalning bo‘shagan joyini tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Ahmet Yildiz egallaydi.

Shuningdek, mamlakatning Bolgariya, Gvineya, Chili, Vetnam, Gvatemala, Shri-Lanka, Kosta-Rika va Ekvadordagi diplomatik vakolatxonalari rahbarlari ham o‘zgardi.