Joriy yilning 16-18 aprel kunlari mamlakatimiz Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda boshqa qator vazirlik va agentliklarning rasmiy ko‘magida “O‘zekspomarkaz” markaziy ko‘rgazmalar majmuida “Sog‘liqni saqlash – TIHE 2024” 28-Toshkent xalqaro tibbiyot ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.

Ushbu yetakchi ko‘rgazma O‘zbekiston tibbiyot jamoatchiligi uchun muhim voqea hisoblanadi. Bu davolash va reabilitatsiya uchun zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar va texnologiyalar namoyish etiladigan nufuzli professional platformadir.

1995-yildan buyon tashkil etib kelinayotgan ushbu ko‘rgazma mahalliy ishlab chiqaruvchilar va soha mutaxassislari uchun o‘ziga xos maydonga aylangan.

O‘zA