Xalqaro futbol federatsiyasi – FIFA o‘zining yangilangan reytingi e’lon qildi. Unga ko‘ra, reytingning kuchli uchligidan Argentina, Fransiya va Belgiya terma jamoalari joy oldi.
Quvonarlisi, O‘zbekiston milliy terma jamoasi reytingda ikki pog‘ona yuqorilab, 64-o‘ringa ko‘tarildi. Shuningdek, Srechko Katanes qo‘l ostidagi termamiz Osiyo qit’asining sakkizinchi jamoasi bo‘ldi.
Ma’lumot uchun, Osiyo qit’asidan FIFA reytingida eng yuqori o‘rinda Yaponiya terma jamoasi bormoqda. Ular hozirda mazkur jadvalning 18 pog‘onasidan joy olgan. Shuningdek, Eron 20, Koreya Respublikasi esa 23 o‘rinni band qildi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA