Turkiya Milliy xavfsizlik kengashi majlisida respublikaning “Qizil kitob”i taqdimoti ham bo‘lib o‘tadi, deya ma’lum qildi TRT telekanali. Kitob yil oxirigacha tasdiqlanishi mumkin.
Prezident Rejep Tayyip Erdog‘an yangi xalqaro tahdidlar va fevral oyida yuzaga kelgan xavfni hisobga olgan holda, tegishli tizimlarga milliy xavfsizlik strategiyasini yangilash bo‘yicha ko‘rsatma berdi. Hujjatga oxirgi marta 2019-yil sentyabrda tub o‘zgarish kiritilgan edi.
“Qizil kitob”da Turkiyaning siyosiy, harbiy va iqtisodiy taomili hamda tashqi siyosatini belgilanadi. Milliy xavfsizlikni ta’minlash yo‘lidagi ustuvor jihatlar, maqsadlar, vazifalarni bajarish usullari bayon qilinadi.
Hukumat Kurdiston ishchi partiyasi faoliyatini milliy xavfsizlikka asosiy tahdidlardan biri sifatida qabul qiladi. Iroq va Suriyada joylashib olgan jangarilar Turk harbiylariga hujum uyushtirib, zo‘ravonlik harakatini amalga oshirish uchun vaqti-vaqti bilan mamlakat hududiga suqulib kiradi.
So‘nggi yillarda mamlakat Iroq va Suriya shimoliy qismida Kurdiston ishchi partiyasiga qarshi keng ko‘lamli harbiy amaliyot o‘tkazish ehtimolini faol muhokama qilmoqda. Amaliyot yakunlangandan keyin Iroqda 40 kilometr xavfsiz zona hosil qilish rejalashtirilgan. Suriya shimolida ham xuddi shunday hudud yaratilishi mumkin.