Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi 2024-yilga davlat ijtimoiy buyurtmalari uchun tanlov e’lon qiladi
Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi
2024-yilda NNT va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari o‘rtasida muhim ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni amalga oshirishga davlat ijtimoiy buyurtmalarini taqdim etish uchun tanlov
E’LON QILADI
| № | Davlat organlari faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari, davlat ijtimoiy buyurtmasining maqsad va vazifalari |
Buyurtmachi davlat organi | Ajratilgan mablag‘. mln so‘m |
||
| 1. | Ustuvor yo‘nalish: Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj toifalarini ijtimoiy himoya qilish va to‘siqsiz muhitni yaratish.
Maqsad: Zo‘ravonlik va tazyiqdan jabr ko‘rgan xotin-qizlarni mehnat bozorida raqobatbardosh kasb-hunar turlariga o‘qitish orqali bandligini ta’minlashga ko‘maklashish. Vazifalar: Respublika bo‘yicha 28 ta ayollar reabilitatsiya markazlarida ayollarni kasbga o‘qitish maqsadida maxsus jihozlangan 1 tadan xona ajratish va bu xonani o‘quv xonalar sifatida tashkil etish. Xonalarni ikki turdagi kasbiy yo‘nalishda ya’ni SMM (noutbuk) va uqalovchi (sarf materiallari) uchun zarur materiallar bilan ta’minlash. Shuningdek, ushbu kasblarga o‘qitish uchun har bir markazga ikki nafardan malakali mutaxassislar yollash. |
Ijtimoiy himoya milliy agentligi | 3 800,0 | ||
| 2. | Ustuvor yo‘nalish: O‘zbekiston Respublikasining korrupsiyaga qarshi kurashish siyosatini shakllantirish va amalga oshirish, mazkur sohada davlat tashkilotlari, fuqarolik jamiyati institutlari va fuqarolar hamkorligi hamda xalqaro hamkorlik yo‘nalishidagi ishlarni muvofiqlashtirish, shuningdek jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish.
Maqsad: Korrupsiyaga qarshi kurashish jarayonlariga nodavlat notijorat tashkilotlarni kengroq jalb etish to‘g‘risida turkum seminarlar va amaliy tadbirlar tashkil etish. Vazifalar: Korrupsiyaga qarshi kurashish jarayonida NNTlar ishtiroki yuzasidan ular uchun turkum (kamida 14 ta hududni qamrab olgan holda 12 ta seminar) amaliy seminarlar tashkil etish.
|
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi | 400,0 | ||
| 3. | Ustuvor yo‘nalish: Bandlikka ko‘maklashish bo‘yicha xizmatlar bozorida zamonaviy infratuzilma va raqobat muhitini yaratish, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, ta’lim muassasalari, NNT, tadbirkorlik subyektlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va jamoatchilikning aholi bandligini ta’minlash masalalari bo‘yicha hamkorligining samarali mexanizmlarini shakllantirish.
Maqsad: Respublikaning barcha mahallalarida kasanachilik faoliyatini amalga oshirayotgan fuqarolarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning faoliyat yuritish sharoitlarni yaxshilash, avvalambor ishsizlik darajasi yuqori bo‘lgan mahallalarida zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlarining ishga tushirishni jadallashtirish hamda ushbu asosda doimiy ish joylarni tashkil etishni ta’minlash. Aholi daromadlarini oshirish mexanizmlarini amaliyotga joriy etish. Vazifalar: Respublikaning barcha hududlarida kambag‘allikni qisqartirishda birinchi navbatda kasanachilik faoliyatini yo‘lga qo‘ygan ishlab chiqaruvchilar va daxldor bo‘lgan aholi qatlamlarini ro‘yxatini shakllantirish. Aholi tomonidan ishlab chiqarilgan kasanachilik mahsulotlarining hisobini yuritish va sotish, onlayn buyurtma qabul qilish maqsadida elektron platforma ishlab chiqish. Kasanachilik bo‘yicha ish qidirayotgan, shuningdek imkoniyati cheklangan aholi vakillari va ish beruvchilarni o‘zaro bog‘lash uchun muloqot maydonini tashkil etish. Aholiga ko‘rsatiladigan ijtimoiy xizmatlar qamrovini kengaytirish va sifatini oshirishga qaratilgan 100 tadan kam bo‘lmagan onlayn videodarslar tayyorlash. |
O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi | 1 700,0 | ||
| 4. | Ustuvor yo‘nalish: Tuman hududida qonuniylikni, huquqiy targ‘ibotni va fuqarolarning xavfsizligini taminlash. Hududlarni iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy rivojlantirish. Fuqarolik holati aktlarini qayd etishni taminlash.
Maqsad: Qorako‘l tumanidagi 316 nafar ko‘zi ojiz fuqarolarning ijtimoiy, iqtisodiy, ahvolini yaxshilash. Ishlab chiqarishni rivojlantirish orqali bandligini taminlash. Jumladan, bo‘z to‘qish, kashtachilik bilan shug‘ullanishlari uchun sharoit yaratish va mahsulotlar savdosini tashkil etish. Vazifalar: Ko‘zi ojizlar jamiyatiga qarashli yer maydonida (0.22 ga) joylashgan 15×30 hajmdagi ishlab chiqarish (bo‘z) sexini ta’mirlash. Mazkur hududda qo‘shimcha ma’muriy bino (kutubxona, madaniy markaz), ishlab chiqarilgan mahsulotlar savdosi yuritish uchun do‘kon qurish. |
Buxoro viloyati hokimligi | 1 000,0 | ||
| 5. | Ustuvor yo‘nalish: OITSga qarshi kurashishda Davlat va nodavlat tashkilotlari hamkorligini ta’minlash.
Maqsad: Jizzax viloyatida OITSga qarshi kurashishda Davlat va nodavlat tashkilotlari hamkorligini ta’minlash; Ko‘ngilli autrich va targ‘ibotchilar ishtirokida kasallik profilaktikasi bo‘yicha aholi orasida keng qamrovli targ‘ibot tadbirlarini olib borish; Viloyat OITSga qarshi kurashish markazi va 5 ta laboratoriyalarni zarur asbob-uskunalar bilan ta’minlash orqali OIV infeksiyasiga tekshiruv sifatini oshirish, OIV infeksiyali bemorlani chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish uchun shart-sharoit yaratish; OIV infeksiyasiga chalingan insonlarni hayot tarzini yaxshilash va umrini uzaytirishga erishish. Vazifalar: Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalari, davlat va nodavlat tashkilotlarida keng ko‘lamli tushuntirish-targ‘ibot ishlari, ko‘rgazmali uchrashuvlar va davra suhbatlari o‘tkazilishini tashkil etish maqsadida seminar treninglar tashkil qilish, shahar tumanlardan jami 30 nafar mas’ul targ‘ibotchilarni tayyorlash. Tarmoqlararo reja tuzish. Jizzax shahar va 12 ta tumanlardagi har bir masjidlarning imomlari shuningdek shahar va 12 ta tuman FXDYO mas’ullari, bosh otinoyilari, buvijonlar maktabi mas’ullari, Jizzax shahar va 12 ta tumanlardagi 302 ta mahallalardagi xotin-qizlar faoli, yoshlar yetakchilarini o‘qitish va ular orqali aholining barcha qatlamlariga kirib borish. Yoshlar orasida OIV/OITS va uning salbiy oqibatlari to‘g‘risidagi targ‘ibot materiallarini muntazam ravishda joylashtirib borish orqali yoshlar o‘rtasida tibbiy savodxonlikni rivojlantirish maqsadida quyidagi ijtimoiy tarmoqlar “telegram”, “facebook” “Instagram” hamda, “youtube” sahifalarida maxsus rukn tashkil qilish va 200 donadan targ‘ibot materiallarini doimiy ravishda joylashtirib borish. |
Jizzax viloyat hokimligi | 1 800,0 | ||
| 6. | Ustuvor yo‘nalish: Aholi bilan muloqot qilish, ularning manfaatlarini himoya qilish uchun ehtiyoj va talabalarini o‘rganish asosida turmush darajasi va sifatini izchil oshirib borish, yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishni samarali tashkil qilish.
Maqsad: Nurota tumanining 4 ta mahallasi “Suvliq”, “Nurobod”, “Orasoy”, “Mustaqillik”, Xatirchi tumanining 5 ta mahallasi “Paxtakor”, “Fidokor”, “Bog‘chakalon”, “Jaloyir”, “Istiqlol”, Navbahor tumanining 5 ta mahallasi “Yangi kuch”, “Qizilrabot”, “Qiziltepa”, “Keskanterak”, “Qiziloy” ko‘cha va guzarlariga ko‘cha va guzarlariga muqobil energiyadan foydalanish orqali zamonaviy, quyosh panelli ko‘cha chiroqlari o‘rnatish. Vazifalar: 14 ta mahalla aholisi bilan o‘tkazilgan sayyor qabullar, muloqotlar asosida aholining ko‘chalarga tungi yoritish chiroqlari o‘rnatish bo‘yicha aniqlangan muammosini hal etish; 14 ta mahalladagi 30 000 nafar aholiga qulaylik yaratish maqsadida ushbu mahallalarida mavjud 67 ta ko‘cha va guzarlarga jami 1420 dona yo‘l yoqalarini tunda yoritish chiroqlarini o‘rnatish. |
Navoiy viloyati hokimligi | 770,0 | ||
| 7. | Ustuvor yo‘nalish: O‘zbekiston Respublikasining sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish konsepsiyasiga muvofiq, ayollar va bolalarga malakali, ixtisoslashtirilgan yuqori texnologiyalarga asoslangan tibbiy yordam ko‘rsatish.
Maqsad: Qashqadaryo viloyati Perinatal markazini neonatologiya bo‘limida tug‘ilayotgan kam vaznli chaqaloqlarni parvarishlash, ular o‘rtasida perinatal o‘limni kamaytirish, oldini olish va viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazini neonatologiya va chaqaloqlar reanimatsiyasi bo‘limlarida chaqaloqlarni parvarishlash uchun sharoit yaratish; Ular o‘rtasida neonatal o‘limnm oldini olish, kamaytirish maqsadida Kuvez-inkubator bilan taminlashga ko‘maklashish hamda ushbu bo‘limda faoliyat ko‘rsatayotgan vrach neonatolog va hamshiralarini Kuvez-inkubatordan foydalanish bo‘yicha mahorat darslarini o‘tkazish. Vazifalar: Qashqadaryo viloyati Perinatal markazida tug‘ilayotgan kam vaznli chaqaloqlarni parvarishlash uchun chaqaloqlar reanimatsiyasi bo‘limiga 5 ta Kuvez-inkubator, viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazini neonatalogiya va chaqaloqlar reanimatsiyasi bo‘limlariga chaqaloqlarni parvarishlash uchun 5 ta Kuvez-inkubator bilan taminlash; Perminatal markazini chaqaloqlar reanimatsiyasi va neonatologiya bo‘limlarida faoliyat ko‘rsatayotgan 7 nafar vrach neonatolog va 54 nafar hamshiralari uchun mahorat darslarini o‘tkazish; Viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazini neonatologiya va chaqaloqlar reanimatsiyasi bo‘limlarida faoliyat ko‘rsatayotgan 9 nafar vrach neonatolog va 38 nafar hamshiralarini Kuvez-inkubatordan foydalanish bo‘yicha mahorat darslarini o‘tkazish hamda kasbiy ko‘nikmalarini singdirish; |
Qashqadaryo viloyati hokimligi | 950,0 | ||
| 8. | Ustuvor yo‘nalish: Suv ta’minoti va kanalizatsiya obyektlari bo‘yicha aholi punktlarini rivojlantirish sxemalari va bosh rejalari bilan bog‘lagan rivojlantirish, modernizatsiya va rekonstruksiya qilish dasturlarini ishlab chiqish hamda ularning sifatli bajarilishini tashkillashtirish, mazkur soha tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqaruvini ta’minlash.
Maqsad: Tanlangan loyiha hududlarida aholi, maktab, MTM va boshqa ijtimoiy soha tashkilotlarida suv va sanitariya xizmatlarining qamrovi, sifati va samaradorligini oshirish, sanoat tashkilotlarining xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash imkoniyatlarini mustahkamlash. Vazifalar: Sirdaryo viloyati Oqoltin tumanidagi “Obod”, “Yangi hayot”, “Mustaqillik”, “Andijon” hamda “Toshkent” MFYlarni ijtimoiy buyurtma asosida ichimlik suv ta’minoti tizimini yaxshilash uchun 3 ta suv inshootini qurish, 5,6 km yangi suv tarmoqlarini qurish, 1 ta suv haydash inshootini qayta ta’mirlash hamda 2 ta suv havzasidan suv tarmoqlariga suv bosimini oshirish uchun ko‘shimcha |
Sirdaryo viloyati Oqoltin tuman hokimligi | 3 800,0 | ||
| 9. | Ustuvor yo‘nalish: Aholining turli qatlamlariga jahon andozlariga mos sifatli tibbiyot xizmatlarini ko‘rsatish.
Maqsad: Bugungi kunda zamonaviy jarrohlik amaliyoti yordamida ishemik kasallikning sababi davolanadi va bemorlarga ularning qolgan hayoti davomida dori darmonlar bilan xastalikning qo‘zg‘alishi va avj olishning oldini olish uchun davo muolajalarini doimiy ravishda o‘tkazib turish kerak bo‘ladi.Ayni paytda yurak ishemik xastaligini davolashda bir necha usullar qo‘llanilyapti. Shular qatorida to‘lqinli zarba yordamida yurak mushaklarida yangi kapillyar tomirlar hosil qilish usuli (udarno-volnovaya revaskulyarizatsiya miokarda) xam 2010-yildan beri AQSH, Yevropa, Isroil, Rossiya, Ukraina va Kozog‘iston tibbiyotida keng ko‘lamda qo‘llanilmoqda. Bu davo usuli noinvaziv usul bo‘lib, bemor uchun hech qanday jiddiy zarar yetkazmaydi. Butun dunyo tibbiy adabiyotlarida chop etilgan maqolalarga asosan 90% bemorlarda ijobiy holatga erishilgani tasdiqlangan. Dang‘ara tumanida faoliyat yuritayotgan “DDM LTD” MCHJga qarashli klinikadagi amaliyotda bu usul bilan davolangan 35 ta bemorlarning barchasida ijobiy natija qayd etilgan Vazifalar: Ayni paytda bemorlar uchun qulay, tanaga zarar yetqazmasdan, amaldagi usullar ichida eng arzon va samarali bo‘lgan, Isroil davlatida ishlab chikarilgan “Cardiospek” uskunasi o‘rnatib, davolash ishlari yo‘lga qo‘yish. Klinikada ushbu yo‘nalishdagi mutaxassislarni tayyorlash, kerakli sarflanadigan extiyot qismlarni olib kelish va boshqa tashkiliy masalalarni moliyalashtirish muammosi yechim talab qilmoqda. Yo‘nalishga mos ravishda xozirgi zamon talablaridan kelib chiqib zamonaviy moddiy texnik bazasi bilan ta’minlash va kerakli mutaxassislar tayyorlash. |
Farg‘ona viloyati hokimligi | 1 880,0 | ||
| 10. | Ustuvor yo‘nalish: Yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda, shuningdek, “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni ijrosini ta’minlashda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining NNT va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan samarali o‘zaro hamkorlikni tashkil etish. Iqtidorli yoshlarni, shuningdek yosh oilalar ijtimoiy qo‘llab-quvvatlanishi, ular uchun munosib shart-sharoitlar yaratilishi, yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni kamaytirish.
Maqsad: Bulung‘ur tumanida yoshlarning kitobxonlik savodxonligini oshirish; Vazifalar: Axborot-kutubxona markazini tashkil etish. Kutubxona tarmog‘ini kengaytirish va ular tomonidan xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash. Aholi, ayniqsa yoshlarning intellektual salohiyati, ong-u tafakkuri, mafkuraviy immuniteti va dunyoqarashini yuksaltirishga, vatanparvarlik, xalqqa muhabbat va sadoqat tuyg‘usi bilan yashaydigan barkamol avlodni tarbiyalashga qaratilgan chora-tadbirlarning samaradorligini ta’minlash. “Jaholatga qarshi ma’rifat” g‘oyasi asosida jamiyatda uzluksiz ma’naviy-ma’rifiy tarbiya va targ‘ibot-tashviqotning strategik yo‘nalishlari, ta’sirchan, kreativ va innovatsion usullarini ishlab chiqilishini ta’minlash. Yoshlar ongida Vatanga muxabbat va sodiqlik prinsiplarini singdirishga yo‘naltirilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshiriladi hamda yoshlarni harbiy xizmatga tayyorlash, chaqiruv tadbirlarini tashkil etish. |
Samarqand viloyat hokimligi | 2 400,0 | ||
| 11. | Ustuvor yo‘nalish: Ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan o‘quvchilarga chet tillarini chuqur o‘rgatish, ularning qiziqish va qobiliyatlaridan kelib chiqqan holda kelajakda egallaydigan kasblari bo‘yicha mehnat faoliyati bilan shug‘ullanishlvri uchun keng shart-sharoitlar yaratish.
Maqsad: Talim muassasalariga ilg‘or milliy va xorijiy tajribalar asosida xorijiy tillar o‘rgatishning zamonaviy usullaridan samarali foydalanish orqali o‘quvchilarda kasb turlari bo‘yicha mehnat malakalarini shakllantirish. Ijtimoiy himoyaga muhtoj oila farzandlari bilan shug‘ullanuvchi pedagog xodimlar faoliyatini rag‘batlantirish hamda shu toifadagi bolalarga jahon standartlari bo‘yicha bepul sifatli talimni tashkil qilish hamda darsliklaridagi o‘quv mavzular yuzasidan metodik qo‘llanmalar ishlab chiqish. Chet tillari sohasida nodavlat ta’lim muassasalari faoliyatini kengaytirishga, ularga kerakli infratuzilma yaratib berishga ko‘maklashish. Vazifalar: Respublikaning ilg‘or NTM bilan hamkorlikda Xorazm viloyati Urganch shahrida chet tillari hamda IT sohalari chuqurlashtirilgan tarzda o‘qitiladigan maktab faoliyatini yo‘lga qo‘yish. Tashkil qilinadigan maktabning chet tillarini o‘rgatish va kasbga o‘qitish xonalarini moddiy-texnik bazasini mustahkamlash. Maktabda 30 nafar ijtimoiy ko‘makka muhtoj oila farzandlarini bepul boshlang‘ich ta’lim olishlarini taminlash, “Ayollar daftari”, “Temir daftar”larga kirgan ayollar farzandlari uchun yevropa standartlari asosida tanlov asosida chet tillarini o‘qitish boshlang‘ich kurslarini bepul shaklda tashkil qilish. |
Xorazm viloyati hokimligi | 1 500, 0 | ||
| Jami 11 ta davlat ijtimoiy buyurtmasi | 20 000,0 | ||||
Ijtimoiy ahamiyatga molik bo‘lgan loyihani amalga oshirishda davlat ijtimoiy buyurtmasining shartlari:
– ijrochi-tashkilot belgilangan tartibda NNT sifatida ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lishi zarur;
– davlat ijtimoiy buyurtmasini bajarish doirasida amalga oshiradigan faoliyatning ijrochi-tashkilotning ustavidagi vazifalarga muvofiqlik kelishi;
– ijrochi-tashkilotda loyihani amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan kadrlar va texnik imkoniyatning mavjudligi;
– ijrochi-tashkilotda ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalar va dasturlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish borasidagi tajribaning mavjudligi;
– loyihani amalga oshirish haqidagi shartnomani sifatli va o‘z vaqtida bajarish, uni amalga oshirish vaqtida ajratilgan mablag‘lardan maqsadli foydalanishni, ochiqlik va oshkoralikni ta’minlash, amaldagi qonun hujjatalariga to‘liq rioya etish.
Davlat ijtimoiy buyurtmasi berilishi uchun quyidagi hujjatlar taqdim etilishi zarur:
Ariza taqdim etayotgan NNT va fuqarolik jamiyati boshqa institutining rahbari imzosi va muhr bilan tasdiqlangan kuzatuv xati;
www.fоndngo.uz saytida joylashtirilgan shaklda to‘ldirilgan davlat ijtimoiy buyurtmasi loyihasi uchun ariza;
Oxirgi o‘zgartish va qo‘shimchalar bilan davlat ro‘yxatidan o‘tgan NNT va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarining Ustavi (Nizomi) nusxasi;
Tashkilotning davlat ro‘yxatidan o‘tganligini tasdiqlovchi guvohnoma nusxasi;
Agar loyihani amalga oshirish litsenziyalanadigan faoliyatni talab qilsa, unda litsenziyaning nusxasi taqdim etiladi.
Hujjatlar 2024-yil 1-apreldan 2-maygacha qabul qilinadi. Taqdim etilgan muhim ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalar Jamoat fondi mablag‘larini boshqarish bo‘yicha Parlament komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqiladi va natijalari e’lon qilinadi.
Hujjatlar “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi NNT va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondi” nomiga “O‘zbekiston pochtasi” orqali muhrlangan konvertda (A4 format) quyidagi manzil bo‘yicha qabul qilinadi: 100035, Toshkent shahri Bunyodkor ko‘chasi, 1-uy.
Hujjatlarni taqdim etish shartlari va namunalari bilan Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondinin www.fоndngo.uz rasmiy veb-saytida tanishish mumkin.
Ma’lumot uchun telefonlar: 78 238 23 76, 78 238 23 77