Ko‘p tarmoqli tibbiyot muassasalarida ish haqi to‘lanadigan internatura tashkil etiladi
225
Sog‘liqni saqlash vazirining tegishli buyrug‘i bilan 2024/2025 o‘quv yilidan boshlab tibbiyot oliy ta’lim muassasalarining bitiruvchi kurs talabalari uchun ko‘p tarmoqli tibbiyot tashkilotlarida ish haqi to‘lanadigan birlamchi maqsadli ixtisoslashtirish kurslari (internatura) tashkil etiladi.
Vazirlik matbuot xizmati xabarida keltirilishicha, 2024/2025 o‘quv yili qabulida hujjat topshiruvchilarga qulaylik yaratish maqsadida ro‘yxatdan o‘tish jarayoni onlayn tarzda – ta’lim muassasalarining rasmiy veb-saytlari orqali 5-20-avgust kunlari (shu kuni ham) amalga oshiriladi.
O‘zA