“Uzbekistan Airways” milliy aviakompaniyasi bahor-yoz parvozlar jadvaliga o‘tdi.
Xususan, Toshkentdan Olmaotaga aviaqatnovlar soni haftasiga 14 martaga oshirildi. Yangi reyslar dushanba, seshanba, chorshanba va juma kunlari amalga oshiriladi.
Aviakompaniya samolyotlari endilikda Toshkentdan Ostonaga haftasiga 6 marta parvoz qiladi. Shanba kunlariga ham reyslar qo‘yilgan.
Roman BONDARCHUK tayyorladi, O‘zA