O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “Xulosa berish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida” qaror qabul qildi.

Unga muvofiq, Jismoniy va yuridik shaxslarga xulosalar berish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning yagona ma’muriy reglamenti tasdiqlandi.

Reglamentda:

xulosalar berish bo‘yicha arizalarni qabul qilish va ko‘rib chiqish;

xulosalar berish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatish pasportlari;

davlat xizmatini ko‘rsatishda undiriladigan to‘lovlar miqdori belgilab berilgan.

2024-yil 1-maydan boshlab ushbu qaror bilan tasdiqlangan pasportlarda belgilangan davlat xizmatlari Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ko‘rsatiladi.

2024-yil 1-maydan boshlab ushbu qarorga muvofiq berilgan xulosalar reestri “Litsenziya” axborot tizimida elektron shakllantirib borilishi yo‘lga qo‘yiladi;

davlat xizmatlarining belgilangan tartibda ko‘rsatilishi doimiy nazorat qilib boriladi;

ma’muriy reglament talablarini buzganligi uchun davlat organlari va tashkilotlari mansabdor shaxslariga nisbatan belgilangan tartibda choralar ko‘riladi.

O‘zA