Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Ahror Burxonov ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifasi orqali Damashqdagi Eron konsulligiga uyushtirilgan havo hujumiga munosabat bildirdi.

Bayonotda bir necha inson qurbon bo‘lgan va Eronning Damashq (Suriya) shahridagi diplomatik missiyasi hududida vayronagarchilikka olib kelgan havo hujumi keskin qoralangan.

Matnda, jumladan, shunday so‘zlar bor:

– Xorijiy davlatlar diplomatik va boshqa vakolatxonalariga hujum qilinishini mutlaqo qabul qilib bo‘lmas holat hamda xalqaro diplomatik huquq asosi va tamoyili eng qo‘pol ravishda buzilishi, deb hisoblaymiz.

O‘zA