Aviatsiya sohasi mutaxassislari uchun o‘quv kurslari

367

«O‘zaviatsiya» agentligi va «O‘zaeronavigatsiya» markazi mutaxassislari parvozlar sxemalarini loyihalash kurslarida tahsil olmoqda.

«O‘zaviatsiya» agentligi ma’lum qilishicha, fuqaro aviatsiyasi sohasidagi mutaxassislar Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti (IKAO)ning hududiy navigatsiya mezonlari (PANS-OPS RNAV)ga asoslangan uskunalar bo‘yicha parvozlar sxemalarini loyihalash bilan bog‘liq standartlari va tavsiyalariga amal qilish maqsadida o‘qitilmoqda. Unda hududiy navigatsiya  uskunalari va mezonlari asosida parvoz qoidalari bo‘yicha aerodrom hududida havo kemalarining manyovr qilish tartiblarini  ishlab chiqish sohasidagi nazariy bilimlar beriladi.

Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti (IKAO) BMT ning hukumatlararo maxsus muassasasi bo‘lib, 1944-yilda jahon aviatransport  tizimining tartibli faoliyat yuritishi va uni rivojlantirish  maqsadida tashkil etilgan.

Roman BONDARCHUK tayyorladi, O‘zA