Turkiyada 31-mart, yakshanba kuni mahalliy hokimiyat rahbarlari saylovida ovoz berish yakunlandi.Mamlakatda 61 milliondan ziyod saylovchi ro‘yxatga olingan bo‘lib, ular uchun 206 845 saylov uchastkasi tashkil etildi. Saylovda 34 siyosiy partiyadan nomzodlar, jumladan Prezident Rejep Tayyip Erdog‘an boshchiligidagi hukmron Adolat va taraqqiyot partiyasi (AKP) hamda mustaqil nomzodlar ishtirok etdi.
– Turkiyada qisqa vaqt ichida ham prezidentlik, ham mahalliy hokimiyat saylovi o‘tkazildi, – dedi mamlakat yetakchisi mahalliy hokimiyatlarga saylovda ovoz berganidan so‘ng OAV vakillariga. – Keng tashviqot olib borildi. Ushbu tadbirlar davlatimiz, millatimiz taraqqiyoti uchun yaxshi samara beradi, deb o‘ylayman.
“Anadolu” yozishicha, Prezident xalqqa fidoyiligi uchun shaxsan va o‘zi rahbarlik qilayotgan Adolat va taraqqiyot partiyasi a’zolari nomidan minnatdorlik bildirib, o‘tgan munitsipalitet saylovi ham, avvalgilaridek, yangi davrni boshlab beradi.
– Natija qandayligidan qat’i nazar, bu saylovda g‘olib, birinchi navbatda, bizning demokratiyamiz, xalqimiz irodasidir, – dedi davlat rahbari. – Marafonda, birinchi navbatda, nomzodlar emas, balki Turkiya, siyosiy qarashidan qat’i nazar, mamlakatning barcha 85 million fuqarosi g‘olib chiqdi. Xalq irodasidan oliy tushuncha yo‘q.
Prezident Erdog‘an so‘zi yakunida kelgusi to‘rt yil mamlakat uchun muhimligini ta’kidlab, barchani samarasiz muhokamaga vaqtni behuda sarflamaslikka chaqirdi. Demokratiyani yanada mustahkamlash, lozim bo‘lganda ishonchni tiklash, xalqqa xizmat qilish siyosati orqali mukammallik namoyish etishda davom etish zararligini ta’kidladi.
G.Sattorova,
O‘zA