O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-mart kuni qabul qilingan 173- sonli qarori bilan metan gaz uchun belgilangan eng baland chakana narxning amal qilish muddati uzaytirilmoqda.

Endilikda avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalarida tabiiy gazni sotishda uning eng baland chakana narxi 2024-yil 1-iyungacha bir  metr kub uchun 3 350 so‘m qilib belgilanmoqda.

Ya’ni,  1-apreldan e’tiboran yakuniga yetishi kerak bo‘lgan eng baland chakana narx uchun belgilangan muddat yana ikki oy davomida juz’iy o‘zgartishlar bilan amal qiladi (avvalgi narx 3 250 so‘m edi).

 

O‘zA.